tarjimai holi
Kamron G’ulomovning
Kamron G'ulomov - O'zbekistonning ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik xoldinglaridan biri bo'lgan AKFA Group bosh direktori.
Bolalik yillari
Kamron G’ulomov 1990 yilning 9 sentyabrida Toshkentda tadbirkorlar oilasida tug’ilgan. Kamronning ota-onasi farzandlarini rivojlanishi uchun uning qiziqishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashadi. Kamron 178-sonli o'rta maktabda tahsil olib, bo'sh vaqtlarida rus va ingliz tillari, suzish va musiqa bilan shug'ullanadi. Kamron musiqa maktabini skripka, fortepiano va gitara yo'nalishlari bo'yicha tugatganligiga qaramasdan, musiqa yo'nalishidan ancha yiroq bo'lgan kasbni tanladi.
Ta’lim
Kamron 2008 yilda o'rta maktabni tugatib, Toshkent moliya institutiga "Moliyaviy buxgalteriya" ixtisosligi bo'yicha o'qishga kirdi. Birinchi kurs talabasi ham o'qib, ham o'zining biznes loyihasini amalga oshirishga qaror qiladi va gul savdosi bilan shug'ullanadigan do'kon ochadi. Agar do'konning ishlari rivojlanib ketganda Kamron G'ulomovning tarjimai holi umuman boshqacha talqinda berilar edi, ammo birinchi biznes loyiha sezilarli daromad keltirmadi. Gul mahsulotlariga bo'lgan talab mavsumiy bo'lganligi sababli, do'kon ko'proq zararga ishladi.
Do'kon bir yildan ko'proq muddat faoliyat olib bordi, ammo oxir-oqibat Kamron uni yopishga va faqat ilm bilan shug'ullanishga qaror qildi. 2012 yilda u bakalavr darajasini olib, magistraturada o'qishni davom ettirar ekan, biznes haqidagi hayollari unga tinchlik bermas edi. O'sha vaqtlarda AKFA kompaniyasida xomashyo hisobchisi lavozimiga xodim kerak edi va Kamron shu bo'sh ish o'rniga ishga kirishga muvaffaq bo'ladi. U ishlab chiqarish jarayonlarini faol optimallashtirib, olti oy ichida omborni to'liq isloh qildi. Bu orada rahbariyat yosh tashabbuskor xodimni payqadi va ko'p o'tmay Kamranga ta'minot bo'limiga ishga o'tishni taklif qilishdi.

Ish faoliyatining asosiy bosqichlari
Kamran G'ulomov kelgan vaqtda kompaniyada katta o'zgarishlar yuz berayotgan edi. AKFA tez sur'atlarda o'z miqiyosini oshirib, asta-sekin bozorning asosiy ishtirokchisiga aylanib borayotgan edi. Yangi lavozimda xodim ta'minotga javob berardi va shu zaylda keyingi uch yil ichida Kamron sanoat va bozorni to'liq o'rganib chiqdi. 2014 yilda u magistr darajasini olib, kompaniya ishlariga sho'ng'ib ketdi. Direktor va top-menejerlar ta'minot bo'limi xodimining fikriga quloq solishni boshladilar, shu tarzda K. G'ulomov rahbariyatning yig'ilishlarida qatnashishni boshladi.

2015 yilda rahbariyat xodimning oldiga keng ko'lamli vazifani - kompaniyadagi eng yirik loyiha - Navoiy viloyatida BENKAM Alu Exstrusion alyuminiy ekstruziya zavodini qurish va yangi zavodning direktori lavozimini taklif qildi. Ishlab chiqarish deyarli noldan yaratilgan tufayli keyingi to'rt yilni u qurilish maydonida o'tkazdi.
Kamon G'ulomov boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatli faoliyati tufayli kompaniya bugungi kungacha yuqori sur'atlarda rivojlanib kelayotgan alyuminiy ekstruziyasi ishlab chiqarish bo'yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqarish maydonchasini qurishga muvaffaq bo'ldi. Korxonaning quvvati yiliga 50 ming tonna alyuminiy profil ishlab chiqarishga mo'ljallangan va ishlab chiqarish to'liq avtomatlashtirilgan. Kompaniya eksport salohiyatini doimiy ravishda kengaytirib borayapti va Yevropa, Kanada va AQSh davlatlariga mahsulot yetkazib bermoqda.

Kamron G'ulomov 2020 yildan AKFA Group kompaniyasining Ijro direktori lavozimida ishlab kelmoqda va xoldingning rivojlanish strategiyasi uchun mas'uldir. Kompaniyaning rejalari ustida ishlashda rahbar dunyoning yirik biznes gigantlari Apple va Google kabi fokusga va bozorning aynan bir segmentiga tayanishga harakat qiladi. Xolding tarkibiga deraza tizimlari, alyuminiy va shaffof konstruksiyalar, shahar infratuzilmasi elementlari, isitish uskunalari ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq korxonalar kiradi. Xolding o'z mahsulotlarini dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilib kelmoqda.
2019 yilda K.G'ulomov tashabbusi bilan kompaniyada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ishlar olib borilayotgan RND ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Shu qatorda kompaniya IT-markazini tashkil etdi, PVX ishlab chiqarishni kengaytirdi. Kompaniyaning so'nggi loyihalaridan biri bu 2020 yil oktyabr oyida Kamron G'ulomov nazorat qilgan metall konstruksiyalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Xolding yangiliklaridan ma'lum, 2020 yil dekabrida kompaniya PwC va SAP bilan IPOga kirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish to'g'risida shartnoma imzoladi. Kompaniyaning xalqaro obro'si yangi xorijiy investorlarning mablag'larini jalb qilishga va ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirishga yo'l ochadi.

Kompaniya jahon bozorida talab qilinadigan alyuminiy ekstruziyasi ishlab chiqarishni ko'paytirishni rejalashtirmoqda. 2020 yil dekabr oyida Kamran G'ulomov BENKAM ishlab chiqarish majmuasi qurilishining uchinchi bosqichini e'lon qildi. Yangi liniyalardan tashqari, kompaniyada yangi ofislar, yuqori texnologik ko'rgazma zallari va ma'muriy binolar bo'ladi. Bugungi kunga kelib, BENKAM Alu Exstrusionda 900 ta ish o'rni yaratilgan, kengayish esa shtatni 1400 kishiga yetkazish imkonini beradi.
Xayr-sahovat loyihalari
AKFA Group xayriya ishlariga alohida e'tiborini qaratgan. So'nggi bir necha oy ichida xolding:

  • 2020 yil noyabr oyidan boshlab boshpanasiz jonivorlarning yashashi va har tomonlama tibbiy yordam olishiga qaratilgan O'zbekistondagi birinchi turar-joy qurilmoqda;
  • 2020 yil 2 dekabr - 25-sonli maxsus maktab o'quvchilari uchun Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi;
  • 2021 yil 10-yanvar - "Meb G'olib" Xalqaro Vatanparvarlik musobaqasining birinchi bosqichi moliyalashtirildi;
  • 2021 yil 15 fevral - Saraton kasalligi chalingan bolalar kuniga bag'ishlangan xayriya tadbiri o'tkazildi. "Ishonch" jamg'armasiga asbob-uskunalar va dori-darmonlarni sotib olish uchun xayriya yordamini ko'rsatdi.
Shaxsiy hayoti
Kamron G'ulomov oilali va rafiqasi bilan birgalikda o'g'li Imronni tarbiyalamoqda. Rahbar bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ulanadi. Sevimli mashg'ulotlari - suzish va kikboksing. Qishki sport turlari orasida u snoubordni yaxshi ko'radi, yozda esa tennis bilan shug’ullanadi.
Mukofot va yutuqlari
2007 yil - O'zbekiston chempionatining yengil toifadagi kikboksing bo'yicha birinchi o'rin sovrindor ;
2019 yil - "Do'stlik" ordeni, O'zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan har tomonlama hamkorligini kuchaytirgani uchun O'zbekiston Respublikasining davlat mukofoti.
Men bilan bog'lanish
kamran.gulamov@akfagroup.com
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent, st. Katta-Xirmontepa, 1