Kamron G'ulomov (1990 yil 9 sentyabrda tug'ilgan) - O'zbekistonning ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik xoldinglaridan biri bo'lgan AKFA Group Ijro direktori. O'z faoliyatini 2012 yilda xomashyo omborida hisobchi sifatida boshlagan, keyinchalik zavoddagi ta'minot bo'limiga o'tgan. U 2015 yildan alyuminiy ekstruziyasi ishlab chiqarishga qaratilgan BENKAM zavodi qurilishiga rahbarlik qilib, qurilish yakunlangach zavodda rahbar vazifasini bajargan. Kamron G'ulomov 2020 yildan e'tiboran AKFA Group xoldingining rivojlanish strategiyasi uchun javobgar bosh ijro direktori vazifasini bajarib kelmoqda. Oilali, bir nafar o'g'il farzandi bor. O'zbekiston Respublikasining "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangan.
Alohida sahifada Kamron G’ulamovning fotosuratlarini ko'rishingiz mumkin